Poytaxtdagi drenaj tizimi yogʻingarchilik davrida aholi eʼtiroziga sabab boʻlmoqda

13:50 29 Yanvar 2024 Siyosat
347 0

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Bundan tashqari, poytaxtdagi drenaj tizimi yogʻingarchilik davrida aholi eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.

Shu munosabat shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash hamda 1-sentyabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Oʻtgan yilda temir yoʻlda vagonlar parkini yangilash va yuk tashish hajmini oshirish boʻyicha sezilarli natijaga erishilmagani koʻrsatib oʻtildi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga vagon ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga ajratilgan mablagʻlardan unumli foydalanib, 1,5 mingta yuk va yoʻlovchi vagonlari ishlab chiqarishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

“Qoʻqon”, “Samarqand”, “Toshkent” vokzallari, “Andijon” va “Urganch” aeroportlari boshqaruvini xususiy sektorga berish masalasini oʻrganish topshirildi. Shahrisabz, Sariosiyo va Qoʻqon aerodromlarida taʼmirlash ishlarini yakunlab, mahalliy aviatashuvlarni yoʻlga qoʻyish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер