Poytaxtda piyodalarga xalaqit berayotgan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanmoqda
Poytaxtda noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanmoqda. Maqsad — joylarda piyodalar uchun moʻljallangan yoʻllarning qulayligini taʼminlash.
“Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega boʻlgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik meʼyorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqiramiz.
Tadbirkorlar va shahar aholisini ushbu turdagi koʻchmas mulkni xarid qilishda ehtiyotkor boʻlishga, yuridik xizmatlar bilan maslahatlashishga chaqirish zarur, deb hisoblaymiz. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan, ularning chegaralari, maydoni va binolarning turlarini tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring