Poytaxtda Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri xalqaro mehmonxonasi quriladi
Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri mehmonxonasining poydevoriga vaqt kapsulasini qoʻyish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.
Kecha tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasining boshligʻi Sharof Rahmonov, Olmazor tumanining hokimi Abdumajid Mullajonov va BI Group kompaniyasi vakillari ishtirok etdilar. Qozogʻiston tarafidan Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi maslahatchi-elchisi Qanat Hasenov va BI Group direktorlar kengashining raisi Aydin Rahimbayevlar vakillik qildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
BI Group kompaniyasi loyiha doirasida nafaqat quruvchi, balki investori boʻlib, investitsiyalar miqdori 100 milliard soʻmdan ortiqni tashkil qiladi. Yangi obyekt poytaxtimizning markazida joylashadi, mehmonxonadan 120 xona va biznes-markaz oʻrin oladi. Loyiha joriy yilning may oyida boshlanib, 2022-yil iyun oyida foydalanishga topshiriladi.
Tadbirda qurilish tufayli turli sohalarga tegishli oʻnlab yangi ish oʻrinlari tashkil etilishi, loyihaning oʻzi esa ikki qardosh respublika oʻrtasidagi muvaffaqqiyatli hamkorlikning yorqin namunlaridan biri boʻlishi alohida taʼkidlandi.
Maʼlumot uchun
BI Group — innovatsion qurilish xoldingi Qozogʻiston koʻchmas mulk bozorida yetakchidir. Oʻz faoliyatini 1995-yildan amalga oshirib kelmoqda, dunyoning eng yirik qurilish kompaniyalari ENR Top 250 Global Contractors reytingiga kiradi.
Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri —BI Group va Hilton Worldwideʻning toʻrtinchi qoʻshma loyihasidir.
Oʻtgan yil davomida BI Group xoldingi tomonidan Hilton Worldwide bilan Markaziy Osiyoda 10 ta Hampton by Hilton mehmonxonalarini qurish boʻyicha kelishuv imzolandi, ulardan biri Toshkentdagi mehmonxona boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring