Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda kuzatilayotgan kuchli shamol va noqulay ob-havo sababli ogohlantirish berdi.
Unga koʻra, ob-havoning yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining koʻpayishi kuzatilishi mumkin.

Yuzaga kelgan holatni hisobga olgan holda, avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik, shuningdek, allergiya yoki changga yuqori sezuvchanlik boʻlsa koʻchada yurishni cheklash hamda shahar boʻylab harakatlanishda ehtiyotkor boʻlish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlar yuz berganda 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilish zarur.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 17-may kuni kuchli shamol va chang boʻroni kuzatilib, unda 19 mingga yaqin isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilib qolgandi. 18-may, tonggi soat 8:20 ga qadar esa elektr taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar toʻliq bartaraf etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring