Poytaxt hokimligi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisini daraxtlar qulashi xavfi sabab ogohlikka chaqirdi.
Qayd etilishicha, 26-fevral kuni yogʻgan qorning namligi va ogʻirligi tufayli daraxtlar va yengil qurilmalar qulashi sodir boʻlmoqda. Shu bois hokimlik fuqarolardan yoʻlaklarda ehtiyotkorlik, tepa va atrof muhitga diqqatli boʻlishni tavsiya qilmoqda.
“Gaz bosimi oʻzgarishlarini eʼtibordan chetda qoldirmang! Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun xavfsizlik choralariga rioya qiling. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qiling”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, shahar boʻylab obodonlashtirish boʻlimlari va boshqaruv servis kompaniyalarining xodimlari qorlarni tozalash va uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring