Poytaxt hokimligi elektr energiyasi isteʼmolchilariga murojaat bilan chiqdi
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan poytaxt elektr energiyasi isteʼmolchilariga tizimdagi tuman elektr taʼminoti korxonalari uchun qoʻshimcha yangi telefon raqamlari biriktirilganini maʼlum qildi.
Endilikda, isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminotida avariya holatlari yuzaga kelganda tuman elektr taʼminoti korxonalarining quyidagi telefon raqamlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, vaziyatga oydinlik kiritishlari mumkin boʻladi:
Yunusobod tumani 71 200-01-32;
Olmazor tumani 71 200-01-36;
Uchtepa tumani 71 200-02-40;
Shayxontohur tumani 71 200-01-46;
Mirobod tumani 71 200-01-47;
Sergeli tumani 71 200-01-38;
Mirzo Ulugʻbek tumani 71 200-01-39;
Chilonzor tumani 71 200-01-42;
Yakkasaroy tumani 71 200-01-52;
Bektemir tumani 71 200-01-49;
Yashnobod tumani 71 200-01-48.
“Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishga tushirilgan Sall-markazining 1154 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali barcha elektr energiyasi isteʼmolchilari oʻzlarining shikoyat, murojaat va takliflarini bildirishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring