Piskentda “Nexia-2” avtomobili toʻliq yonib ketdi
Piskent tumanida “Nexia-2” avtomobili toʻliq yonib ketdi. Bu haqida Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat kecha, 21-yanvar kuni soat taxminan 19:45 larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan oʻtgan D-020 “Qorasuv-Boʻka-Bekobod sh.” avtomobil yoʻlining 28-kilometrida sodir boʻlgan.
1995-yilda tugʻilgan haydovchi “Nexia-2” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, dvigatel qismida yongin kelib chiqqan va avtoulov toʻliq yonib ketgan. Ushbu yongʻin oqibatida harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan.
Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring