Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

15:17 12 Dekabr 2024 Jamiyat
417 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yangi yil shodiyonalari oila davrasida koʻtarinki kayfiyatda oʻtkaziladi. Shu bois bayram kunlari pirotexnika vositalaridan foydalanish koʻplab noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bunday koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida izchil saʼy-harakatlar olib bormoqda.

Navbatdagi tezkor tadbir davomida “Lasetti” va “Kobalt” rusumli avtomashinalar Oltiariq tumanidan Qoʻshtepa tumani hududiga harakatlanib kelib yoʻl chetiga toʻxtagan vaqtida belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, buning natijasida “Kobalt” rusumli avtomashina saloni va yukxonasida mamlakatimizga bojxona nazoratini chetlab olib kirilayotgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 10 dona qutilarda dastlabki qiymati 57,8 mln. soʻmlik 5960 dona pirotexnika vositalari olib ketilayotgani, “Lasetti” rusumli avtomashina saloni va yukxonasida esa 3 dona qutilarga solingan dastlabki qiymati 38,6 mln. soʻmlik 5624 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qiymati 96,4 mln. soʻmlik 11 ming 584 dona pirotexnika vositalari daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер