Pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBBning Bektemir tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Iyk-Ota” MFY hududida Andijon viloyatidan kelgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, fuqaro O.Q. 17 dona “9 D”, 260 dona “7 shot” hamda 25,8 ming dona “Trenya Vicky Mouse” nomli pirotexnika vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring