“Pirelli” Rossiyaga sarmoya kiritishni toʻxtatadi va zavodlari faoliyatini cheklamoqda
Arxiv surat
Italiyaning avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi “Pirelli” kompaniyasi Rossiyadagi zavodlari faoliyatini cheklamoqda, shuningdek, mamlakatga investitsiyalarni toʻxtatmoqda.
"Pirelli“ matbuot xizmati xabariga koʻra, Rossiyaning Ukraina boshlagan “maxsus harbiy operatsiyasi” fonida kompaniya rahbariyati ana shunday qaror qabul qilgan.
“Rossiyadagi investitsiyalar, xavfsiz investitsiyalar bundan mustasno toʻxtatiladi. Zavodlarning ishi esa asta-sekin xodimlarning ish haqi va ijtimoiy xizmatlarini moliyalashtirishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan faoliyat bilan cheklanadi”, deyiladi bayonotda.
Kompaniya Ukrainadagi vaziyatning rivojlanishini kuzatib borish uchun inqiroz qoʻmitasini tuzgan. Shuningdek, uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan choralarni ham tayyorlamoqda.
Avvalroq, Fransiyaning shinalari ishlab chiqaruvchi “Michelin”
kompaniyasi ham Rossiyada ishlab chiqarishni toʻxtatgan edi. Xuddi shunday qaror Yaponiyaning “Bridgestone” kompaniyasi tomonidan ham qabul qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring