Pichoqlangan Braziliya prezidenti yana kasalxonaga yotqizildi — CNN

17:52 03 Yanvar 2022 Dunyo
1518 0

Foto: РИА «Новости»

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru 3-yanvar kuni ertalab San-Pauludagi Vila Nova Star kasalxonasiga yotqizilgan. Bu haqda “CNN Brasil” xabar bermoqda.

Siyosatchi 2018-yilda pichoqlanganida olgan jarohatidan keyin davolagan jarroh Antonio Luis Makedoning soʻzlariga koʻra, Bolsonaruda ichaklarida muammolar borligi gumon qilinmoqda. Tashxisni tasdiqlash uchun qoʻshimcha tekshiruvlar talab etiladi.

Telekanal xabariga koʻra, prezident korteji kasalxonaga tungi soat ikkilarda yetib kelgan. Bungacha u rafiqasi Mishel va qizi Laura bilan Santa-Katarina shtatida boʻlgan. U yerdan davlat rahbari vertolyotda San-Paulu olib kelingan.

2018-yilda Jair Bolsonaru saylov kampaniyasi vaqtida pichoq bilan hujumga uchragan. Oʻshanda olgan jarohati tufayli u shu paytgacha besh marta kasalxonaga yotqizildi. Siyosatchi oxirgi marta 2020-yilning 14-iyul kuni kasalxonaga murojaat qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер