“PIA” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi

18:27 16 Dekabr 2021 Jamiyat
1392 0

“PIA” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida Pokiston Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari hamda “PIA” aviakompaniyasi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda muhokama etildi.

Uchrashuv davomida har ikki tomon vakillari mamlakatlarimiz oʻrtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishi Oʻzbekiston va Pokiston manfaatlariga birdek mos kelishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Muzokaralar davomida Transport vazirligining havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari D.Djumayev xorijiy aviakompaniyalarni mamlakatimiz aviatsiya bozoriga jalb etish, ushbu bozorning barcha ishtirokchilari uchun qulay sharoitlarni yaratish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Xususan, birgina joriy yilning oʻzida aeroport xizmatlari uchun yigʻimlar 42% ga qadar tushirilgani, ziyorat turizmi yoʻnalishida bajariladigan parvozlarga esa 50% ga qadar chegirmalar berilishi toʻgʻrisida aytib oʻtdi.

“PIA” aviakompaniyasining Oʻzbekistondagi vakili Muhammad Vakkos Islomobod – Toshkent va Karachi – Toshkent yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Aviakompaniya ushbu yoʻnalishlarda parvozlarni 2022-yil yanvar oyidan yoʻlga qoʻyish niyatida.

Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yoʻnalishlarda muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер