Pensionerlarning moddiy farovonligi yanada oshadi — qonun loyihasi

12:53 24 Oktyabr 2023 Siyosat
183 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijara munosabatlari va pensiya taʼminoti borasidagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan “Ijara toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ijarachi nogiron boʻlib qolganligi holati ijara shartnomasini toʻxtatish uchun asos boʻlishini bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

Shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda pensionerlarga hisoblangan, lekin ular tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni olish muddati ikki baravarga, yaʼni oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha uzaytirilishi, pensiyalar miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining oʻsish surʼatlari inobatga olingan holda oshirib borilishi, shuningdek ozodlikdan mahrum qilingan davrida mahkumlar tomonidan amalga oshirilgan faoliyat davri pensiya olish huquqini beradigan faoliyat turi sifatida hisobga olinishi belgilanmoqda.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi pensionerlarning moddiy farovonligini yanada oshishiga, nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlariga oid huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер