Pentagon Yaqin Sharqqa yana 10 minggacha harbiy xizmatchini yuborish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
Pentagon Yaqin Sharqqa quruqlikdagi qoʻshinlarning yana 10 ming nafargacha harbiy xizmatchisini yuborish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Qayd etilishicha, ushbu kuchlar mintaqaga allaqachon yuborilgan 5 mingga yaqin dengiz piyodalari va 82-havo-desant diviziyasining minglab desantchilariga qoʻshiladi.
WSJ nashrining yozishicha, Tehron bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi bayonotlarga qaramay, bu holat Amerika yetakchisi Donald Trampga harbiy jihatdan koʻproq harakat erkinligini taqdim etadi.
Qaror kelgusi haftada qabul qilinishi mumkin. Pentagon Eronga “hal qiluvchi zarba” berishning harbiy variantlarini ishlab chiqmoqda, ular quruqlikdagi qoʻshinlardan foydalanishni va keng koʻlamli bombardimonlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring