Pensiya toʻlovlarini vaqtincha toʻxtatib turishga onlayn murojaat qilish tartibi joriy etildi

19:50 07 Dekabr 2023 Jamiyat
814 0

Pensiya jamgʻarmasida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, byurokratik toʻsiqlarni tubdan qisqartirish, maʼlum vaqtlarini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish yuzasidan elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchil takomillashtirib borilmoqda.

Xususan, tizimda keyingi yillarda bir qancha qonun va qarorlar qabul qilinib, pensiya va nafaqa oluvchilar uchun turli qulaylik va imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qator vazifalar belgilandi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktyabrdagi 592-son qarori qabul qilindi.

Unga koʻra pensiya toʻlovlarini vaqtincha toʻxtatib turishga elektron ariza yuborish xizmati joriy etildi.

Bunda, fuqaro Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilish huquqiga ega.

Oldingi tartibga koʻra, fuqaro pensiyani toʻxtatib turish uchun faqatgina Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlariga murojaat qilishlari mumkin edi. Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi.

1. Davlat xizmatlaridan foydalanishda haftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda YAIDXP orqali murojaat etish mumkin.
2. Davlat xizmatlari koʻrsatish 5 soniyada amalga oshiriladi.
3. Davlat xizmatlari koʻrsatilishida Pensiya jamgʻarmasi xodimlari ishtirok etmaydi.

Bu esa oʻz navbatida aholining hamda keksa yoshdagi fuqarolarning mushkulini oson qilishda, mavjud muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etishda xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер