Pekin AQSH va Isroilning Eron hududiga hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi
Foto: AP
Eron Islom Respublikasi yadroviy qurol ishlab chiqarmayapti. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Ning maʼlum qildi.
“Biz Eron Islom Respublikasi yadroviy qurol ishlab chiqarish niyatida emasligini bir necha bor tasdiqlaganini va yaqinda AQSH bilan jiddiy va samimiy muzokaralar olib borayotganini taʼkidlaymiz”, — deydi diplomat.
Shu oʻrinda u Pekin AQSH va Isroilning Eron Islom Respublikasi hududiga hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishga chaqirayotganini taʼkidladi.
Diplomat shuningdek, AQSH va Isroil muzokaralar jarayonida Eronga hujum qilib, xalqaro huquqni buzganini taʼkidladi.
Avvalroq, Mao Ning AQSH Xitoyni Eronga qarshi harbiy operatsiyalar boshlanganligi haqida xabardor qilmaganini aytgan edi. Diplomatning taʼkidlashicha, Pekin harbiy harakatlarning tarqalishi Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarga ham taʼsir qilganidan chuqur xavotirda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring