Pekin — 2022: Bugun 9 ta yoʻnalishda gʻoliblar aniqlanadi
2022-yil 7-fevral, yaʼni bugun Pekin — 2022 qishki Olimpiya oʻyinlarining uchinchi kuni. Ushbu kun dasturida terma jamoalar 9 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi.
Kecha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilish kerak boʻlgan tezkor tushish bahslarining hal qiluvchi bahsi kuchli shamol sabab bugunga qoldirildi.
Shuningdek, ayollar oʻrtasidagi gigant slalom bahslari, biatlon boʻyicha ayollar oʻrtasidagi individual poyga, figurali uchish boʻyicha jamoaviy dastur, short-trek, tramplindan sakrash, snoubord va konkida yugurish dasturlari ham bugun oʻz gʻoliblarini aniqlaydi. Batafsil:
08:35 – Figurali uchish, jamoaviy dastur
09:00 – Togʻ changʻisi. Erkaklar, tezkor tushish
09:55 – Snoubord. Erkaklar, sloupstayl
11:30 – Togʻ changʻisi. Ayollar, gigant slalom
13:30 – Konkida uchish. Ayollar, 1500 metr
14:00 – Biatlon. Ayollar, individual poyga
17:45 – Short-trek. Ayollar, 500 metr
17:50 – Tramplindan sakrash. Aralash jamoaviy
17:58 – Short-trek. Erkaklar, 1000 metr.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring