Pedagoglar diqqatiga! 16-martga qadar attestatsiya imtihonlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarlar yolgʻon

20:23 06 Mart 2026 Jamiyat
621 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka sinovlari qachon oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Taʼlim nazorati Telegram-kanali internetda tarqalayotgan shu mazmundagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi. Unda aytilishicha, shu yilning yanvar iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka sinovlari muddati haqidagi maʼlumotlar avvalgi yillardagi test sanalari boʻlib, pedagoglardan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasliklari soʻraladi.

Rasmiy tartib boʻyicha Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizomning 31 bandiga asosan pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatiladi.

Pedagoglar uchun malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib, pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Maʼlumot uchun, 6-mart holatiga koʻra, test sinovlari jadvali rasman eʼlon qilinmagan. Bu esa, amaldagi tartibga koʻra, joriy yilning 16-martiga qadar sinovlar boshlanmasligini anglatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер