Pastdarg‘omda Afrika tuyaqushi jo‘jasi yetishtirilmoqda

14:48 19 Noyabr 2021 Jamiyat
897 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Firdavs Farrux” fermer xo‘jaligi rahbari Husan Haydarov tabiatan yangilikka intiluvchan, tinib- tinchimas inson. Bundan 5 yil oldin u fermer xo‘jaligida nisbatan yangi tarmoq -tuyaqush yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan edi. Buning uchun Qozog‘istondan 5 ta, keyinroq Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan 8 ta tuyaqush keltirib, parvarishlay boshladi. Bizning iqlim sharoitimizga moslashuvchan bo‘lgan tuyaqushlar tez orada 46 boshga yetdi.

Ayni kunlarda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan  tuyaqush boqishni yana-da kengaytirishga harakat qilinmoqda. Gap shundaki, fermer xo‘jaligi qoshidagi zamonaviy inkubatorda Afrika tuyaqushi jo‘jalari ochirilmoqda. Ushbu maqsadda yer ajratilib, tuyaqush boqish uchun kerakli maydon va o‘tloqlar barpo etildi. Ayni paytda bu yerda 120-150 kilogramm vaznga ega va yiliga 80-100 donadan jo‘ja ochadigan tuyaqushlar parvarishlanmoqda.

- Tuyaqush 4 yilda reproduktiv yoshga yetadi va parrandachilikda bunday qushlar “Brider” deb yuritiladi, - deydi Husan Haydarov. - Ularning o‘rtacha tuxum qo‘yish yoshi 10-15 yil, zotdor tuyaqushlar 40 yil davomida tuxum qo‘yaveradi. Uning go‘shti 10-12 yil davomida o‘rtacha 72 tonnaga yetishi mumkin.Tuyaqush boqishni yo‘lga qo‘yish oilalar uchun ham qulay va daromadli bizneslardan biridir. Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaligimiz tomonidan 46 dona tuyaqush jo‘jalari aholiga yetkazib berildi. Bir dona tuyaqush jo‘jasi 1,5 - 2 million so‘mdan sotilmoqda. Kelgusida tuyaqushlar sonini 100 tadan oshirib, aholi dasturxoniga sifatli, parhezbop go‘sht va tuxum yetkazib berishni mo‘ljallab turibmiz.

  Abdulaziz Yo‘ldoshev, "Xalq so‘zi".

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер