Pastdargʻom tumanidagi “Baxshiboyi” MFYning yangi maʼmuriy binosi endi xalq xizmatida

11:21 13 Aprel 2026 Jamiyat
183 0

Baxshiboyi mahallasining maʼmuriy binosi boʻlmagani bois, “mahalla yettiligi” shu vaqtga qadar ijarada turib faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Endilikda viloyat mablagʻlari, faollarning mehnati, aholi birdamligi va saxovatpesha insonlar koʻmagida mazkur mahalla uchun yangi, zamonaviy maʼmuriy bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Quvonchli bayramga aylanib ketgan tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar mahalla ahlini yangi maʼmuriy maskan bilan muborakbod etishdi.

Yangi binoda “yettilik” aʼzolari uchun yetarlicha qulayliklar yaratilgan boʻlib, bundan hudud aholisi ham benihoya mamnun.

Juda shinam va chiroyli koʻrinishda barpo etilgan, har bir xonasi zamonaviy mebellar bilan jihozlangan mahalla binosi endi xalq xizmatida.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер