Parlamentlararo ittifoqning byudjeti ijrosi koʻrib chiqildi

12:35 04 Oktyabr 2022 Siyosat
452 0

Parlamentlararo ittifoqning moliya boʻyicha quyi qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Parlamentlararo ittifoqning vitse-prezidenti, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi A.Saidov ishtirok etdi.

Yigʻilishda Bosh kotib M.Chungong, Parlamentlararo ittifoqning moliyaviy masalalar boʻyicha quyi qoʻmitasi raisi S.Videgren ishtirokchilarga 2022-yilga moʻljallangan moliyaviy faoliyat, Parlamentlararo ittifoq byudjetining joriy holati, aʼzolik badallari va ixtiyoriy badallar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, tadbir davomida Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari tomonidan 2023-yilgi byudjet tasdiqlandi va istiqboldagi vazifalar — samarali va vakolatli parlamentlarni qurish, inklyuziv va vakillik parlamentlarini rivojlantirish, barqaror va innovatsion parlamentlarni qoʻllab-quvvatlash, parlamentning jamoaviy harakatlarini hamda Parlamentlararo ittifoq masʼuliyatini kuchaytirish belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер