Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi
Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Bugun, 2025-yil 6-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusidagi birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisni Parlamentlararo ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson ochib berdi.
Tuliya Ekson oʻz nutqida parlamentlar jahon miqyosidagi ijtimoiy muvozanatni tiklash, barqarorlik va adolatni taʼminlashda hal qiluvchi siyosiy institut sifatida faol ishtirok etishi zarurligini alohida taʼkidladi.
Majlis davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Assambleya Prezidenti sifatida minbarga taklif etildi.
Tanzila Narbayeva oʻzining kirish soʻzida Oʻzbekistonning olib borayotgan ijtimoiy islohotlari, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasidagi keng koʻlamli tashabbuslar va xalqaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, u barcha delegatsiyalarni ochiq muloqotga chorlab, yalpi majlis ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Assambleya doirasidagi fikr almashuvi yangi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi, ular yakuniy hujjatlar asosida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Yalpi majlis yakunida Senat Raisi barcha ishtirokchilarni ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik izhor etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring