Parlament komissiyasi Qoraqalpogʻistondagi voqealar boʻyicha tekshiruv oʻtkazadi
Foto: Illustrativ foto
Senat va Qonunchilik palatasi iyul oyi boshida Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzdi. Komissiyaga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qiladi.
Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari va xalq deputatlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlari kiritildi.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijalari eʼlon qilinadi va Oʻzbekiston jamoatchiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring