Parkinson kasalligiga 3 daqiqada tashxis qoʻyish usuli topildi

11:45 09 Oktyabr 2022 Dunyo
998 0

Foto: Illustrativ foto

Parkinson — yangi asrda eng tez rivojlanayotgan nevrologik kasalliklardan biri. U sekin progressiyalanadi va 50 yoshdan oshgan kishilarda yuzaga keladi. Biroq xastalik koʻpincha kech bosqichda aniqlanishi bois muolajalardan hamisha kutilgan samara boʻlmaydi.

Demak, bu oʻrinda erta va aniq diagnostikaning ahamiyati katta. Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti olimlari shu maqsadda ilmiy izlanishlar olib borib, Parkinson kasalligiga atigi uch daqiqada tashxis qoʻyish usulini ishlab chiqdi.

U, avvalgidek, bemorlarning kasallik tarixini oʻrganish, uzoq muddatli tibbiy tekshiruvlar va miyani skanerlashni talab etmaydi.

Yangi usuldagi sinama uchun teri ostidagi yogʻ toʻqimalaridan namuna olinib, uning kimyoviy tarkibidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Natijalar 3 daqiqada maʼlum boʻladi.

Tadqiqot samaradorligini sinovdan oʻtkazish uchun olimlar Parkinson bilan xastalangan 79 nafar bemor va 71 nafar sogʻlom kishining tahlil namunalarini taqqosladi.

Yakunda toʻrt mingdan ortiq birikmalar koʻzdan kechirilib, ulardan 500 tasi Parkinson xastaligiga chalinganlarda boshqalarga nisbatan farq qilishi aniqlandi. Shundan soʻng biomarkerlardagi oʻzgarishlarga asoslangan sinamalar ishlab chiqildi.

Endi tadqiqotchilar ushbu testning laboratoriyadan tashqari sharoitda ham samarali ishlashini isbotlamoqchi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер