Toshkent viloyati Parkent tumanida “Damas” yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat 20-iyun kuni soat taxminan 16:00 larda Parkent tumani hududidan oʻtgan 4R15 Qiziltogʻ—Parkent—Yangibozor avtomobil yoʻlining 56-kilometrida (“Parkent” bozori qarshisida) sodir boʻlgan. 1985-yilda tugʻilgan Ж.Б.га tegishli boʻlgan, toʻxtab turgan “Damas”da yongʻin yuzaga kelgan.
Manbaga koʻra, ushbu holat sodir boʻlgan vaqtda avtomobilda hech kim boʻlmagan. Yongʻin oqibatida harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Avtoulovning esa maʼlum qismi yonib ketgan.
“Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 15-iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani TXAY koʻchasi 18- avtobuslar saroyi qarshisida “Mercedes-Benz” transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv boʻlganligi sababli , yongʻin kelib chiqishi oqibatida toʻliq yonib ketgandi.
Shuningdek, oʻsha kunning oʻzida, soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor koʻchasida “Mercedes-Benz” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqdi va oqibatda yoʻlovchi avtobusi toʻliq yonib ketdi.
Bundan tashqari, soat 12:50 larda, Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yoʻlining 998 км.да “Cobalt” rusumli mashina yonib ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring