Para voleybol boʻyicha ilk marotaba oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati yakunlandi
Joriy yilning 10-15-dekabr kunlari Nukus shahar 11-son Sport maktabida para voleybol boʻyicha birinchi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqada oltin medallar mezbon Qoraqalpogʻiston Respublikasi jamoasiga nasib etgan boʻlsa, kumush va bronza medallarini Toshkent hamda Fargʻona viloyati jamoalari qoʻlga kiritdi.
Musobaqa yakunida gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring