Para velosport: Toshkent-2025 Yoshlar Para Osiyo oʻyinlari uchun zamin hozirlanmoqda
Joriy yilning 21-24 nobyar kunlari Toshkentda para velosportning shosse va trek yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli va murosasiz bahslar yakuniga koʻra, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand viloyati hamda Qoraqolpogʻiston Respublikasidan tashrif buyurgan sportchilar ushbu mamlakat birinchiligida faol ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallashdi.
Bu galgi Oʻzbekiston chempionatida mahoratli sportchilar bilan bir qatorda yosh iqtidor egalari ham ishtirok etishdi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad - 2025-yil poytaxtimiz mezbonlik qiladigan Yoshlar oʻrtasidagi Para Osiyo oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yosh para velosportchilarni saralab olishdan iborat.
Musobaqalarning tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring