Para taekvondochilarimizdan yana ikkita OLTIN medal!
Bundan bir oz avval yoshlar oʻrtasidagi IV Paraоsiyo oʻyinlarida para taekvondo bahslari oʻz nihoyasiga yetdi. Erkaklar oʻrtasida 44-klassda 3 nafar sportchimiz ishtirok etdi va ularning barchasi shohsupaga koʻtarildi, yaʼni vakillarimiz ikkita oltin hamda bitta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Jumladan, -58 kg. vazn toifasida Qudratillo Shonazarov hamda -70 kg. vazn toifasida Asilbek Husanov oltin medalga ega chiqqan boʻlsa, -63 kg. vazn toifasida Qudrat Haydarov bronza medaliga sazovor boʻldi.
Hozircha delegatsiyamiz hisobida 6 ta oltin, bitta kumush hamda 4 ta bronza medali mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring