Para shaxmat: hamyurtimiz Ahadxon Kimsanboyev sovrindor boʻldi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan Belgrad shahrida nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻtkazilgan Birinchi shaxmat Olimpiadasining koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi shaxmatchilar oʻrtasidagi bahslarida hamyurtimiz Ahadxon Kimsanboyev 2-oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Axadxon oʻz yoʻnalishida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi boʻldi. Bundan tashqari Marsel Shayusupov zaif eshituvchilar oʻrtasida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi sifatida qayd etildi.
Oʻzbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 6-oʻrinni egalladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring