Para akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi
Joriy yilning 8-9-oktyabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Tuyaboʻgʻiz suv omborida para akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.
Unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 70 nafarga yaqin sportchi 6 ta klassda gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring