“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yoʻnalishidagi parvozi 6 soatdan koʻproqqa kechiktirildi
“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yoʻnalishidagi 5P5359 reysi poytaxt aeroportida texnik sabablarga koʻra 6 soatdan koʻproqqa kechiktirildi.
Yoʻlovchilar Toshkent xalqaro aeroporti terminaliga joylashtirildi. Aviakompaniya yoʻlovchilarni ichimlik va issiq ovqat bilan taʼminladi.
Parvoz jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchidan olishingiz mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring