Pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan smartfon ishlab chiqaruvchi ochiqlandi
Joriy yilning ikkinchi choragida dunyo bo‘yicha smartfonlar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,4 foizga kamaygan.
Bu “Gartner” analitik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Janubiy Koreyaning “Samsung” smartfoni sotuvi 27,4 foizga kamaygan. Xitoyning “Xiaomi” kompaniyasi ko‘rsatkichining pasayishi 21,5, “OPPO” brendida esa 15,9 foizni tashkil etgan. “Apple”da esa bu borada pasayish 0,4 foizni tashkil etdi.
Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, bu davrda dunyo bo‘yicha 295 million dona smartfon sotilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring