Pandemiya sabab AQSHda millionlab odamlar och qolishi mumkin
Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSHda oziq-ovqat taqchilligi bilan bogʻliq muammoga duch kelgan amerikaliklar 43 foizga oʻsgan. Volontyorlar esa barcha ehtiyojmandlarga zaxiralar yetmayotganidan shikoyat qilyapti.
Ayni paytda 20 mln.dan ortiq odamlar davlatdan moddiy yordam olmoqda. Boz ustiga, yana 778 ming kishi oxirgi haftada ishsizlik nafaqasi soʻrab ariza yozgan.
Mamlakat boʻylab oziq-ovqat banklari toʻxtovsiz ishlamoqda. Ularning xodimlari esa talab keskin oshib ketayotganini bildirishyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring