Pandemiya isteʼmolchilar huquqini himoya qilishga toʻsiq boʻla olmaydi
Bugun, 8-dekabr kuni Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
Yigʻilish ishtirokchilari oʻzbek xalqini va Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlarini mamlakat Konstitutsiyasining 28 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabrikladi va Konstitutsiyaning 53-moddasida isteʼmolchilar huquqi ustuvor ekani eʼtirof etilganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv davomida pandemiya sharoitida isteʼmolchilar huquqini himoya qilish borasida KonfOPga aʼzo tashkilotlar vakillari amalga oshirilayotgan ishlar hamda post-pandemiya davrida bu borada qilinishi kerak boʻlgan ish rejasi yuzasidan fikr almashdi.
J. Sarimsoqov federatsiya koronavirus pandemiyasi davrida isteʼmolchilar huquqini himoya qilish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlar barobarida 2021-yil 4-6-may kunlari Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida turizm sohasida isteʼmolchilar huquqini himoya boʻyicha “Sayyoh-2021” xalqaro forumini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida soʻzlab berdi.
Uning fikricha, turizm sohasini rivojlantirish nafaqat Oʻzbekiston, yoki Markaziy Osiyo, qolaversa, butun
Isteʼmolchilar tashkilotlarining bu borada hamkorlik, xususan, bir-birining isteʼmolchi sayyohlarini himoya qilishi pandemiya davrida toʻxtab qolgan turizm sohasini tezda tiklash uchun qoʻshimcha omil boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
Onlayn uchrashuvda isteʼmolchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring