Pandemiya davrida tuberkulyozdan oʻlim koʻrsatkichlari oshgan — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, koronavirus pandemiyasi davrida dunyoda tuberkulyozdan oʻlim koʻrsatkichlari sezilarli darajada oshgan.
Xususan, 2020-2022-yillarda sil xastaligi tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni avvalgi yillarga nisbatan 500 ming nafarga koʻpaygan.
Oʻz navbatida, kasallanish holatlari ham ortgan. Masalan, 2021-yilda jahon boʻyicha 10,3 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, oʻtgan yili 10,6 million odamda sil xastaligi aniqlangan.
Roʻyxatga olingan bemorlardan 7,5 million nafari birinchi marta tuberkulyozga chalinganlardir. Bu — 1995-yildan beri qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring