Paxtaobodda paxta ochildi

10:55 20 Iyul 2020 Iqtisodiyot
1226 0

Paxtaobod tumanining “Yangi turmush” massividagi “Oltin zamin jilosi” fermer xoʻjaligi dalalarida paxtalar qiygʻos ochila boshladi.

— Aslini olganda tumanimiz iqlimi nisbatan salqin, — deydi xoʻjalik rahbari Navroʻzbek Jalilov.-Biroq, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirganimiz sababli paxtalar biz kutgandan ham avvalroq ochila boshladi. 14-mart kuni ilk chigitni yerga qadagan edik. Shu tariqa 116 gektar maydonda dehqonchilik ishlarini olib bormoqdamiz. Shundan 46 gektariga gʻoʻzaning viloyatimiz iqlimiga moslashtirilgan “An-36” navini ekdik. 16 gektar maydondagi chigit plyonka ostida unib chiqdi. Nasib boʻlsa, bu yilgi xirmonimiz oʻtgan yilgidan ham moʻl boʻladi.

Bu viloyat paxta maydonlaridagi birinchi xursandchilik emas. Sababi, bundan besh kun avval Oltinkoʻl tumanidagi “Koʻhna vodiy bahori” fermer xoʻjaligida ham ilk paxta hosili boʻy koʻrsatgan edi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер