“Paxtakor” polshalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Toshkentning “Paxtakor” klubi polshalik hujumchi Pyotr Pajishek bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Pyotr 1993-yil 8-sentyabr kuni Polsha Respublikasining Torun shahrida tugʻilgan. U faoliyati davomida Angliya, Daniya, Niderlandiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda toʻp surgan.
Xususan, 2022-yilda Ispaniya La Ligasi vakili boʻlgan “Leganes” klubida toʻp surgan. Ushbu jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 9 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Aytish joiz, Oʻzbekistonda qishki transferlar oynasi 20-fevral sanasida oʻz yakuniga yetadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring