Paxtachilik tadbirkorning huquqlari tiklandi

18:28 02 Yanvar 2024 Jamiyat
254 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“K.G.2020” (qisqartirildi) oilaviy korxonasi hamda Payariq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi oʻrtasida joriy yil 1-iyunida shartnoma  imzolangan boʻlib, unga koʻra, korxona bir yillik (Petuniya, Shafran, Katarantus, Salviya, Zina, Bananza, Qora Rayhon) 109 000 dona umumiy qiymati 247 430 000 soʻmlik manzarali gullar yetkazib bergan. Biroq, obodonlashtirish boshqarmasi bugungacha shartnoma shartlarini bajarmagan. 

“Qoʻl bilan berib, oyoq bilan yuguraman” deganlaridek, ham xizmat koʻrsatib, ham oʻrtada sarson boʻlgan oilaviy korxona rahbari Oʻ.Sh. Paxtachi tuman adliya boʻlimiga qonuniy huquqlarini tiklashda yordam soʻrab murojaat qildi.

Murojaatni oʻrganish davomida, boshqarma masʼullari chindan ham tadbirkor xizmatidan foydalanib, unga tegishli xizmat haqini toʻlab bermagani oʻz isbotini topdi. Yaʼni, shartnomaning 2.11-bandida yetkaziladigan “tovarlar” uchun oldindan toʻlov miqdori 30 foizni tashkil etib, qolgan 70 foiz qismi “tovarlar” toʻliq yetkazib berilgandan soʻng toʻlanishi belgilangan. Ammo tadbirkor belgilangan muddatidan oldin shartnoma shartlarini bajargan boʻlishiga qaramay, shartnomada nazarda tutilgan pul mablagʻlari toʻlab berilmagan.

Tuman adliya boʻlimi javobgar Payariq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan tadbirkor foydasiga jami 247 430 000 soʻm muddati oʻtgan qarzdorlik mablagʻini undirib berishini soʻrab Payariq tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritdi hamda sud qarori asosida tadbirkorning huquqlari tiklanishiga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер