Paxta yigʻim-terim mavsumda majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan 5 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumi davomida majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga qonuniy chora koʻrilgani haqida maʼlumot berdi.
Aytilishicha, Davlat mehnat inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 128 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan, call markaz orqali - 54 ta, veb sayt orqali - 15 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali - 24 ta hamda 35 ta yozma murojaatlar kelib tushgan.
Oʻtkazilgan monitoringlar va murojaatlarni oʻrganish natijasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln. 450 ming soʻm miqdorda maʼmuriy jarima tayinlandi.
Shuningdek, paxta-yigʻim terimi davrida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs avobgarlikka tortilib, 1 ta holat yuzasidan tegishli hujjatlar sudlarga kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring