“O‘ztransgaz”ga yangi rais tayinlandi
Sharifjon Axmedovich Tursunov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Mustafoyev avvalroq o‘z vazifasidan ozod etilgandi.
Ma’lumot uchun, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi respublika iste’molchilarini belgilangan tartibda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring