“Oʻztransgaz”: tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyatlari oshirildi

10:30 11 Dekabr 2023 Jamiyat
243 0

Ayni kunlarda yurtimizda sovuq ob-havo hukmron. Bunday paytda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlash energetika tizimi tashkilotlari, xususan, “Oʻztransgaz” AJ oldidagi asosiy vazifalardan sanaladi.

Shu maqsadda, elektr va issiqlik taʼminoti uchun masʼul tashkilotlarga bir maromda, yoʻqotishlarsiz, belgilangan hajmda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadidagi chora-tadbirlar ayni kunlarda ham davom etmoqda.

Jumladan, Toshkent issiqlik markazi faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida olovli ishlar amalga oshirildi. 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida “Binokor” gaz taqsimlash stansiyasidan Toshkent issiqlik markazi tarmogʻiga belgilangan prognozga nisbatan kam tabiiy gaz yetkazib berilgan. Buning asosiy sababi esa tarmoqda boshqa isteʼmolchilarning mavjudligi edi.

Shu kunlarda “Oʻztransgaz” AJ tomonidan olib borilgan ishlar natijasida issiqlik taʼminoti tarmogʻi boshqa isteʼmolchilardan ajratilib, issiqlik markaziga koʻproq hajmdagi tabiiy gaz yetkazib berish, shu orqali uning faoliyatini yanada yaxshilash imkoniyati yaratildi.

Avval xabar berilganidek, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurildi. Ayni obyektni tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida joriy yilda “Shirin” gaz taqsimlash stansiyasida qator tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, diametri 1020 mm boʻlgan 4,7 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri qurildi, stansiyaning loyihaviy quvvati oshirildi. Shuningdek, issiqlik elektr stansiyasi uchun joriy yilda 2 ta gaz tozalash uskunasi, 2 ta gaz bosimini rostlovchi qurilma, diametri 400 mm boʻlgan 3 ta gaz oʻlchov moslamasi, yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifatini yanada yaxshilash maqsadida qoʻshimcha ravishda 2 dona tabiiy gazni yuqori darajada tozalovchi qurilma oʻrnatildi.

Hozirgi kunda mazkur IESga bir maromda va sifatli tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha barcha ishlar amalga oshirildi. Bu tadbirlar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz uzatishda barqarorlikka xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер