“Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

13:17 17 Dekabr 2024 Jamiyat
400 0

Joriy yilning 20-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.

Unga koʻra, 20-21-dekabr kunlari Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli boʻlishi mumkin.

Shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. 21-22-dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер