Oʻzgidromet haftaning ish kunlarida kutilayotgan ob-havo prognozini taqdim etdi
Yuqoridagi ob-havo kartasi ayni hozirdagi atmosfera bosimi kartasi. Unda siz Ukraina orqali Rossiya gʻarbiga harakatlanayotgan juda past bosimli siklonni koʻrishingiz mumkin.
Oʻzbekiston esa Kaspiy dengizi ustidagi boshqa past bosimli atmosfera sohasini ertadan qabul qila boshlaydi. 28-noyabr shimolda, 29-noyabr markaz, janub, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, 30-noyabrda vodiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmalari mavjud.
Nam havo oqimi ortidan hududlarga hozirgi kundagiga nisbatan biroz salqinroq quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat biroz pasayadi. Ammo, bu pasayish soʻnggi 30 yillikdagi dekabr boshidagi oʻrtacha meʼyoriy haroratga yaqinlashmaydi ham.
Aytmoqchi, ayni kunlarda respublika iliq harorat qarshisida turibdi. Kecha tayanch kuzatuv punktlarida oʻrtacha sutkalik havo harorati iqlimiy meʼyordan 7 daraja yuqori kuzatildi. Endi, tasavvur qiling, hozirga nisbatan haroratning 6 daraja pasayishi ham meʼyoriy iqlimiy haroratni bermaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring