Oʻzgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib kelgan soxta operator qoʻlga olindi

19:59 09 Dekabr 2023 Jamiyat
360 0

Foto: Illustrativ foto

Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi (ayol) N.S. IIOga murojaat qilib, oʻzining nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra, 15.700.000 soʻm onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli O.U. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, O.U., jabrlanuvchi (ayol) N.S.ga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini bank operatori sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritgandan soʻng, N.S.ning nomiga 15.700.000 soʻm miqdorida onlayn kredit rasmiylashtirib, oʻsha vaqtning oʻzida mazkur pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, O.U.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер