Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi
Foto: Arxiv surat
Oʻgʻrilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoki shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring