OʻZDJTSU va Strasburg universiteti oʻrtasidagi hamkorlik

12:11 11 Oktyabr 2019 Jamiyat
1486 0

Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Fransiya Strasburg universitetining professori, boshqarishni tashkil qilish sohasi boʻyicha fan doktori Gari Tribu “Sport menejmenti” fani boʻyicha“Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasiprofessor-oʻqituvchilari, magistrantlar va bakalavriat talabalari uchun 36 soatlik oʻquv dasturi asosida “Sport marketingi” fanidan dars mashgʻulotlarini oʻtkazdi.

Yevropalik mehmonning ushbu taʼlim dargohiga tashrifidan asosiy maqsadi talabalarni sport marketingi va uning asosiy qirralari tahlili bilan tanishtirish hamda sport tashkilotlari (federatsiya va klublar)da sport marketingining ahamiyati toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berishdan iboratdir.

Gari Tribu Fransiyadagi tijoratlashtirilgan oliy maktabda dars beradi. U boshqarishni tashkil qilish sohasi boʻyicha fan doktori, professor ilmiy lavozimiga ega.. “Dunod” va “Economica” nashriyoti muallifi, sport marketingi boʻyicha maslahatchi, “MOSES/CIAMS” qabul komissiyasi aʼzosi sanaladi.

“Française de Gestion”,“Science et Motricité”, “Society and Leisure”, “Management International/ International” “Management/Gestion Internacional (HEC Montréal)”, “Gestion (HEC Montréal)” jurnallaridagi ilmiy kengashlarda faoliyat koʻrsatadi. “Sport marketingi”, “Sportda homiylik”, “Sport menejmenti” va “Fransiya sportchilari va sporti” toʻgʻrisida qator salmoqli ilmiy nashrlar muallifidir.

Xorijlik professor OʻzDJTSUdagi semenar kurs jarayonida sport xizmatlarida marketingni muhimligi, sport klublari va federatsiyalarda innovatsion konsepsiyani qoʻllash, sport homiylarining iqtisodiy qarashlari, sport klublariga homiylarni jalb qilish, partnyorlar tomonidan sport muassasalarini qanday toʻgʻri tanlash, sport marketingi asoslari, sport tashkilotlarini moliyalashtirish kabi mavzularda maʼruzalar oʻqidi.

Semenar mashgʻulotlari universitet oʻqituvchi va talabalarida katta taʼsurot qoldirdi.

Shodiyor Mutaharov
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер