“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK ulushlari Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazildi
“Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar:
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibidagi tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
“Oʻzagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK ulushi Moliya vazirligiga bepul oʻtkazildi.
2021-yil 1-martga qadar Agentlikka oʻtkazilayotgan tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari ommaviy savdolarga qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning tegishli qarori bilan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tugatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring