“Oʻzbekkosmos” yil boshidan beri 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonani aniqladi

14:12 19 Dekabr 2024 Jamiyat
423 0

Foto: “Oʻzbekkosmos”

“Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan yil boshidan buyon umumiy 721 gektarga yaqin maydonda 1928 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ulardan 123 tasi yaʼni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1805 ta yoki 465,2 gektari yesa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida aniqlangan.

Xususan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar);
  • Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar);
  • Buxoro viloyatida 92 ta (91b7 gektar);
  • Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar);
  • Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar);
  • Qashqadaryo viloyati 81 ta (79b3 gektar);
  • Andijon viloyati 180 ta (42 gektar);
  • Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar);
  • Fargʻona viloyatida 164 ta (51 gektar);
  • Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar);
  • Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar);
  • Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).

“Bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil yetilishi avvalo atrof muhit va ekologiyaga katta salbiy taʼsir oʻtkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi bilan xavflidir. Qolaversa, zararli hasharotlar koʻpayishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda oʻpka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi”, deyiladi agentlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер