“O‘zbekkonsert” Shahlo Ahmedovaning she’riyat talablariga javob bermaydigan, ma’naviyatimizga zid klipini rad qildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati “Xalq so’zi online”ga ma’lum qildi.
Xonanda Shahlo Ahmedova ijro etgan “Indama” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, “oldi-qochdi” jumlalardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetimizga mos bo‘lmagan, ma’naviyatimizga zid xatti-harakatlar, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qiluvchi raqslar aks etganligi bois, ushbu klip rad etildi.
Izohlar
Chutkul Boltayev (chutkul@yandex.ru):
Баракалла, «Ўзбекконцерт»! Ўзи-чи, бу қизнинг биронта клипи менга ёқмайди. На шеърида маъно бор, на клипи-да! Фақат ўзини show off қилишдан нарига ўтмайди. Ундан кўра опаси - Лола минг чандон ажойиб қўшиқчи.
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring