“O‘zbekkonsert” xalq imtihonidan o‘tgan san’atkorga bir yillik tekin litsenziya taqdim qiladi
Yosh estrada xonandalari xalq imtihonidan o‘ta olsa, bir yillik imtiyozli litsenziya bilan mukofotlanadi.
Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

1-maydan boshlab respublikamizda joylashgan har bir tumanning markaziy parklarida, istirohat bog‘larida haftaning shanba va yakshanba kuni bayram dasturlari bo‘lib o‘tadi. O‘sha dasturlarda yosh estrada xonandalari o‘z qobilyati, iste’dodi bilan haqiqatdan ham xalqning e’tirofiga musharraf bo‘lsa, biz unga bir yillik tekin litsenziya taqdim etamiz. Bundan so‘ng xalq imtihonidan o‘tgan san’atkorgina bir yillik tekin, imtiyozli litsenziya oladi.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring